"Barselona"ni YCHLdan chiqarib yuborgan "Atletiko" Ispaniya Kubogi finalida "Sosedad"ga mag'lub bo'ldi
19.04.2026 03:00 Ўқилди: 1511
Sevilyadagi "Olimpiko de Sevilya - La Kartuxa" stadionida kechgan final bahsida Madridning "Atletiko" hamda "Real Sosedad" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. Haqiqiy triller darajasida o'tgan o'yinda "Real Sosedad" penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, kubokni qo'lga kiritdi.
Uchrashuvni Xaver Alberola Roxas boshqarib bordi. Bahs kutilmagan voqea bilan boshlandi: o'yinning 15-soniyasidayoq Ander Barrenechea hisobni ochib, "Atletiko"ni shoshirib qo'ydi. Madridliklar 19-daqiqada Ademola Lukmanning goli evaziga muvozanatni tiklashdi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda Mikel Oyarsabal penaltini aniq amalga oshirib, "Sosedad"ni yana oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo'lim oxirida, 83-daqiqada Xulian Alvares gol urib, "matraschilar"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi - 2:2. Qo'shimcha bo'limlarda darvozalarga boshqa gol urilmadi va g'olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Lotereyada "Real Sosedad" futbolchilari aniqroq harakat qilishdi - 4:3.
Ispaniya Kubogi, final
“Atletiko” - “Real Sosedad” 2:2 (pen. seriyasi 4:3)
Gollar: Lukman 19, Alvares 83 - Berrenechea 1, Oyarsabal 45+1.