"Andijon" klubi bosh murabbiyi OKMKga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida o'z lavozimini tark etishini e'lon qildi.
Ma'lumot uchun, joriy 2026 yilgi mavsumda "Andijon" jamoasi Samvel Babayan qo'l ostida Superligada jami 7 ta uchrashuv o'tkazib, shularning 5 tasida mag'lubiyatga uchradi va faqatgina 2 ta o'yinda g'alaba qozondi.
Qayd etish joizki, yil avvalida viloyat hokimi tomonidan "Andijon" jamoasi oldiga Superligada kamida uchinchi o'rinni egallash vazifasi qo'yilgan edi.