De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir"
15.04.2026 01:08 Ўқилди: 6087
"Biz Konte bilan ish boshlaganimizda, PSJ va boshqa klublardan Osimxen va Xvicha uchun jami 200 million evrolik taklif oldik. Konte: "Osimxenni sotishingiz mumkin, lekin iltimos, Kvarani olib qoling", degandi. Ammo uni olib qolish katta xato bo'ldi, chunki o'shanda uning otasi va agenti bilan muammolar yuzaga keldi. Futbolchi va uning agenti Neapolni tark etishga qatiy qaror qilishgani sababli, uni sotib yuborgan maqul deb hisobladim.
Murabbiy bundan norozi bo'ldi, lekin men huquqiy muammolar tufayli shunday qilishga majbur edim. Men bu qoidalarni o'zgartirishga harakat qilyapman. Agar siz investiciya kiritgan bo'lsangiz, hech kim sizni shantaj qilmasligi kerak.
Amerika kinobiznesida agent juda muhim, u rejissyor yoki aktyorga muvaffaqiyat keltirishi mumkin. Futbolda esa agent - shunchaki har yerdan pul so'rib oladigan vampirdir", - dedi De Laurentis.
Eslatib o'tamiz, Xvicha Kvaratsxeliyaning PSJga transferi joriy mavsumning eng shov-shuvli voqealaridan biriga aylandi.