"Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin
12.04.2026 20:32 Ўқилди: 6967
"Stedium of Layt" stadionida kechgan uchrashuvda "qora mushuklar" 1:0 hisobidagi muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. O'yinni Robert Djons boshqarib bordi.
Uchrashuvdagi yagona gol 61-daqiqada Nordi Mukiele tomonidan kiritildi. Londonliklarning hisobni tenglashtirish uchun qilgan harakatlari samara bermadi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng "Tottenxem Xotspur" 30 ochko bilan turnir jadvalining 18-pog'onasida, yani xavfli hududda qolmoqda. Shpurlarning elitada jon saqlab qolish masalasi tobora so'roq ostida qolmoqda. "Sanderlend" esa ochkolari sonini 46 taga etkazib, APL jadvalida 10-o'ringa ko'tarilib oldi.
London klubi rahbariyati va muxlislari uchun mavsumning qolgan qismi haqiqiy "omon qolish jangi"ga aylanishi kutilmoqda.