Andijonlik 15 yoshli futbolchi "Chelsi" bilan shartnoma imzolamoqda
15.04.2026 00:00 Ўқилди: 4870
Andijonlik yosh iqtidor egasi, 15 yoshli Zufarxo'ja Akramxo'jaev faoliyatini Angliyaning mashhur "Chelsi" klubida davom ettiradigan bo'ldi.
“Championat.asia” bosh muharriri Narzulla Saydullaevning ma'lum qilishicha, yosh futbolchi shu yilning sentyabr oyida "ko'klar" akademiyasiga borib qo'shilishi rejalashtirilgan. Hozirda transfer uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari jadal olib borilmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, londonliklar o'zbekistonlik iqtidor bilan ikki yillik shartnoma imzolashga kelishib olishgan. Agar barchasi muvaffaqiyatli yakunlansa, Zufarxo'ja APL grandi akademiyasida tahsil oladigan ilk o'zbekistonlik futbolchiga aylanishi mumkin.