Eron JCH-2026 ishtirokidan voz kechishi mumkinmi? Sport vaziri vaziyatga oydinlik kiritdi
15.04.2026 01:32 Ўқилди: 5108
Vazirning so'zlariga ko'ra, jamoaning mundialga borishi mamlakatdagi vaziyat va xavfsizlik choralariga bevosita bog'liq.
"Agar sportchilarimizning xavfsizligi to'liq taminlansa, hukumat mamlakatdagi sharoitlarni hisobga olgan holda ularni Jahon chempionatiga yuborishga ruxsat beradi. Bizning vazifamiz - terma jamoaning tayyorgarligini qo'llab-quvvatlash va barcha logistika talablarini bajarishdir.
Vaziyat qanchalik barqarorlashsa, musobaqada ishtirok etish ehtimolimiz shunchalik yuqori bo'ladi. Agar keskinlik ortib borsa, biz mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib qaror qabul qilishga majbur bo'lamiz", - dedi Donyamali.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika stadionlarida bo'lib o'tadi. Eron terma jamoasining ishtiroki so'roq ostida qolayotgani haqidagi xabarlar fonida, FIFA zaxira variantlari, jumladan, Italiya ishtirokidagi maxsus turnir haqida bosh qotirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.