YCHL 1/4 finali doirasida "Atletiko"ga qarshi kechayotgan javob bahsida vinger hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.
Bu gol 18 yoshli futbolchi uchun Chempionlar Ligasidagi 11-gol sifatida qayd etildi. Shu tariqa, Yamal 19 yoshga to'lgunga qadar musobaqada eng ko'p gol urgan futbolchiga aylanib, mutlaq rekordni o'rnatdi.
Bu boradagi avvalgi rekord Kilian Mbappega tegishli edi. Fransiyalik yulduz 19 yoshgacha bo'lgan davrida YCHLda 10 ta gol kiritishga erishgandi. Endilikda Lamin ushbu natijani tarix qariga yubordi.
Kataloniyaliklarning "oltin bolasi" nafaqat jamoasining hujumlarini bezamoqda, balki dunyo futboli tarixini yangitdan yozmoqda. Yamal ushbu mavsumda yana nechta rekordni yangilay olarkin? Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.