Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak"
16.04.2026 01:00 Ўқилди: 12102
"Eron milliy terma jamoasi shubhasiz musobaqaga keladi. Albatta, biz o'sha vaqtga kelib vaziyat tinch bo'lishiga umid qilamiz. Bu katta yordam bergan bo'lardi.
Biroq Eron albatta kelishi kerak. Ular o'z xalqini ifoda etishlari lozim. Ular saralashdan o'tishdi va futbolchilar o'ynashni xohlashadi. Men ularni ikki hafta oldin ko'rgandim.
Aslida ularda ancha yaxshi jamoa shakllangan. Ular shunchaki kelishga majbur. Sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak", - dedi Infantino CNBC konferenciyasida.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 musobaqasi shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo'lib o'tadi. Eron milliy terma jamoasi Osiyo qitasidan mundial yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalardan biri hisoblanadi.