APL. "Tottenxem" so'nggi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqardi va xavfli hududda qoldi
19.04.2026 00:24 Ўқилди: 893
Londondagi muhtasham "Tottenxem Xotspur" stadionida kechgan bahsda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi.
Uchrashuvni Styuart Atvell boshqarib bordi. O'yinning 39-daqiqasida Pedro Porro mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq birinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda (45+3) Kaoru Mitoma muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo'limda londonliklar yana bosimni oshirishdi va 77-daqiqada Xavi Simons gol urib, "shporlar"ni g'alabaga yaqinlashtirgandi. Ammo uchrashuv taqdiri so'nggi soniyalarda hal bo'ldi - 90+5-daqiqada Jorjino Ryutter gol urib, "Brayton"ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
Ushbu natijadan so'ng "Tottenxem" 31 ochko bilan turnir jadvalining 18-pog'onasida, yani xavfli hududda (zona vyleta) qolmoqda. "Brayton" esa 47 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi.
Navbatdagi o'yinlar:
"Shporlar" 25 aprel kuni safarda "Vulverxempton" mehmoni bo'lishadi. "Chaykalar" esa 21 aprel kuni o'z maydonlarida "Chelsi"ni qabul qilishadi. Vaziyatni kuzatishda davom etamiz.