Elit OCHL. "Al Ahli"da g'alaba, "Al Ittihod" esa mag'lub bo'ldi
18.04.2026 07:32 Ўқилди: 396
Tunda chorak finalning yana ikkita bahsi yakunlandi. Turnirning amaldagi chempioni "Al Ahli" "Johor" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Saudiyaliklar endi final yo'llanmasi uchun "Vissel Kobe" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Shuningdek, kecha "Al Ittihod" Yaponiyaning "Machida" jamoasiga qarshi bahs olib bordi va kutilmaganda 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Matida" jamoasi yarim finalda "Buriram Yunayted" va "Shabab Al Ahli" o'rtasidagi uchrashuv g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Elit OCHL. Chorak final. Al Ahli - Johor 2:1 Gollar: Kessie 45+3, Galeno 54 – Majrashi 19 avtogol