Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak"
09.04.2026 00:16 Ўқилди: 7036
Anvar G'ofurov: “Qiyin o'yin bo'lishini bilgandik. Chunki OKMK jadvalda o'z o'rnida emas. Bunday tarkib va murabbiy bilan jamoa ancha yuqori o'rinlarda bo'lishi kerak”.
- OKMKning bugungi o'yinidan so'ng ochkolar yo'qotish tasodif emasligi oydinlashdi…
- Biz ham bunga bor kuchimiz bilan harakat qildik.
- “Surxon”dagi dastlabki bahslaringizda g'alabalarga erishdingiz. Bugun ham ushbu seriyani davom ettirish niyatidamidingiz?
- Albatta. Shunday rejalar bor edi. Ammo har doim ham istaganingiz amalga oshavermaydi. Bahs davomida o'zgarishlar yordamida maqsadga yetishga harakat qidik.