"Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan
09.04.2026 01:08 Ўқилди: 6974
"El Partidazo de COPE" nashri tarqatgan xabarga ko'ra, voqea jamoa Barselonadagi stadionga yo'l olayotgan vaqtda sodir bo'lgan. Noma'lum shaxslar tomonidan otilgan toshlar natijasida madridliklar avtobusining ikkita oynasi pachoqlangan.
Eslatib o'tamiz, bu "Barselona" muxlislari tomonidan "Atletiko"ga nisbatan birinchi marta qilinayotgan bunday harakat emas. Shu yilning mart oyi boshida Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi bahs oldidan ham kataloniyalik fanatlar raqib avtobusini turli buyumlar bilan "kutib olishgan" edi.