
- "Kattaqo'rg'on" jamoasi tajribali futbolchilardan iborat. Bugun qiyin o'yin o'tishini bilardik. Lekin yigitlarim berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. O'yin nazoratini birinchi bo'limda o'z qo'limizda ushlab turgandik. Faqatgina vaziyatni yakuniga etkazishda omad kelmadi. Ikkinchi bo'limni ham yaxshi boshladik. Tajriba esa o'z so'zini aytib ketdi. Tajribali futbolchilar bir vaziyatdan unumli foydalanishga harakat qiladi. Raqib legioneri bir xatodan keyin gol urdi va yigitlarim shoshilishni boshladi. Kerak emas xatolar ko'p bo'ldi. Bugungi o'yin bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Faqatgina omad kulib boqmadi.
- O'tgan o'yinda qizil kartochka olgan Ro'ziboevning o'rni bilindimi?
- Bizda Yusufboev bor, uning Proligada tajribasi bor. O'tgan yili "Olimpik" tarkibida asosiy tarkibda o'ynagan futbolchi. Ushbu mavsumda o'yin amaliyoti hali kam bo'lganigami, bola hali o'ziga kela olganicha yo'q. Uning ustida hali ishlaymiz. Ro'ziboev va Yusufboevni solishtiradigan bo'lsak, Ro'ziboev yoshroq, lekin uning bo'yicha ustunlik jihatlari bor.
- Raqib jamoa safida kimlarni ajratib ko'rsata olasiz?
- Bugungi o'yinni barcha ko'rdi. Unday ajralib turadigan futbolchi ko'rinmadi. Legioneri tezkor va u birgina vaziyatidan gol urib ketdi. Bu tajriba. Yigitlarimning ushbu raqibdan kam joyi yo'q, ustunlik qilishdi ham. Chunki biz o'yin nazoratini ushlab tura oldik, istalgancha hujumlar uyushtirdik, biroq yakunlashda bizga omad yetishmadi. Darvoza ustunini poyladik, raqib himoyachilari qaytarishdi. Baribir omadga ham ko'p narsa bog'liq.
- Mag'lubiyatli o'yinlardan keyin ham futbolchilar tajriba to'plashlari mumkinmi?
- Yuz foiz. O'tgan yildagi Proliganing bu yildagisi bilan farqi katta. Hozir 7 jamoa Superligaga chiqish uchun maqsad qo'ygan. Raqobat katta, istalgan jamoa istalgan raqibini mag'lubiyatga uchrata oladi. Shu sababli bu o'yinlarning barchasi tajribadan ortiq narsa bo'lmaydi. Bu o'yinlar kelajakda futbolchilarimga kuch, sabr, tajriba beradi, deb o'ylayman.
- Abduvakil Hikmatullaevning o'rniga Ahmadov o'yinga qo'shildi va uning ilk harakati xato bo'ldi va shu orqali gol olib kelindi.
- Birinchi bo'limning o'zida 10tacha burchak zarbasiga ega bo'ldik. Bizda chapaqay futbolchi yo'qligi uchun uni maydonga tushirishga qaror qildik.
- Mag'lubiyatdan keyin yosh jamoani ruhan tiklash qanday bo'ladi?
- Ertaga kam o'ynagani trenajyor zalga kiradi. O'ynaganlar esa saunada tiklanish jarayonini o'tkazadi. Bizda tiklanish jarayoni yaxshi yo'lga qo'yilgan. Vitaminizaciya ham yaxshi. Ruhan desangiz, buni ham chiqarib yuboramiz. "FarDU" bilan o'yingacha barcha tayyor bo'ladi, degan umiddaman. Barcha yuz foiz tayyor bo'ladi. Unday tushkunlikka tushib qolmaydi.
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18750 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 15905 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15086 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12171 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10805 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7255 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7184 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7036 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6434 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
![]() | 15.04.2026 01:08 Ўқилди 6162 De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir" |
Реклама
Сайт хақида