Mirjalol Qosimov: "Ikkinchi bo'limda yigitlar qo'shishdi va omad biz tomonda bo'ldi"
18.04.2026 00:56 Ўқилди: 282
“Qisqa fursatdan keyin o'z maydonimizga qaytdik. Bugun g'alaba qozonganimiz ikki karra quvonarli. "Buxoro" ham yaxshi jamoa. Kurashlarga boy o'yin bo'ldi. Ikki gol urib olganimizdan keyin "Buxoro" ham birinchi bo'limning o'zida hisobni tenglashtira oldi. Tan berish kerak. Ikkita standartdan gol urib, o'yinni qiziqarli qilib yubordi. Ikkinchi bo'limda yigitlar qo'shishdi va omad biz tomonda bo'ldi. G'alaba qozondik va yigitlarga minnatdorlik bildiraman. "Buxoro" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Taxlil qilganimizdek "Buxoro" jamoasining ustunlik tomonlari - standartlar, burchak zarbalari, autlar. Adashmasam "Navbahor"ni ham aynan standart sababli 1:0ga yutib ketgan edi. Bu o'yin endi tarix. Endi jamoani keyingi o'yinlarga tayyorlash kerak”, - dedi Qosimov.