
- O'zingiz ko'rdingiz, oson bo'lgani yo'q. "G'azalkent" jamoasini yoshlar deymizu, lekin bu yoshlar juda iqtidorli. Birinchi bo'limda juda qiynaldik. Ular bizga ancha qiyinchilik tug'dirishdi yoki yigitlar bu raqibga etarlicha baho berishmadi. Ikkinchi bo'limda o'zimizga kelib oldik va ikki gol urib, g'alabaga erishdik. "Kattaqo'rg'on" jamoasi muxlislari, futbolchilari, murabbiylari va rahbariyatini ushbu g'alaba bilan tabriklayman.
- O'tgan turdagi kutilmagan mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni ruhlantirish qanday kechdi?
- O'yinni tezroq unutishga harakat qildik. Aprel oyida bizni 6ta o'yin kutib turibdi. Shu sababli o'tgan o'yinni tezroq esdan chiqarish muhim. Oldingi o'yinni ko'rib chiqdik. Superligada tajribasi bor futbolchilar ko'p. Raqibda bir-ikki vaziyatdan ko'proq imkoniyat bo'lmadi. Statistikani ko'rdim, ular biror marta burchak zarbasiga ham ega bo'lmagan ekan. Bu futbol. Bizda jamoa yangi. Endi birinchi yil. Tarkibga kelgan 20 futbolchi 20 jamoadan kelgan. Garchi Superligada ko'p o'ynagan bo'lsa ham birinchi yildayoq jamoani birlashtirish oson kechmaydi. Buni birinchi taym ko'rsatib berdi.
- Keyingi o'yin "Aral"ga qarshi bo'ladi. Sizlar mezbonsizlar. O'yin qayerda bo'ladi?
- Keyingi o'yin uchun Samarqanddagi stadion tayyor bo'ladi. Proliganing yetakchisi "Aral" bilan o'yinni Samarqandda o'tkazamiz.
- Zaxiradan maydonga tushgan Izzatillo Abdulhaqov gol urdi va golli pas amalga oshirdi. Uni o'yinning eng yaxshi futbolchisi desak bo'ladimi?
- Bo'ladi. U o'yin taqdirini hal qilgan golni urdi va golli pas berdi. Abdulhaqovni "Andijon"dagi faoliyatidan bilaman. Yoshlar jamoasidan asosiyga biz olgandik. U jamoaga kech kelib qo'shildi. Chempionat boshlanishiga bir kun qolganda uni ro'yxatdan o'tkazgandik. Uni sekin-sekin jamoaga qo'shib boramiz. U yaxshi futbolchi.
- Tajribali futbolchi Ildar Mamatkazinni ko'pchilik hisobdan chiqargandi. U bugun yaxshi o'yin namoyish etdi.
- U ham jamoaga kech keldi. Jamoaning qishki yig'inlarini o'tkazib yubordi. Uni o'z darajasiga keltirish uchun bizga vaqt kerak. O'tgan o'yinlarda u zaxirada qolgan bo'lsa, bugun u asosiy tarkibda maydonga tushdi va u o'zini oqladi. Ildar - tajribali himoyachi. U kubokni yutgan, jamoasini Proligadan Superligaga olib chiqqan yetakchi futbolchi. Bugun u yaxshi o'yin o'tkazdi.
- "G'azalkent" jamoasidan kimni alohida ajratib ko'rsatgan bo'lardingiz?
- Qishda ushbu jamoa bilan o'ynagandik. O'shanda o'yin oson bo'lgandi. Ularda hali tayyorgarlik jarayoni edi. Shu boisdan bo'lsa kerakdir, yigitlarim yaxshi baho berishmagan. Endi "G'azalkent" jamoasining tarkibini bilmayman-ku, yarmidan ko'pi terma jamoalar futbolchilari bo'lsa kerak. Taxlil qilganimizda 14-raqam, 11-raqam, 16-raqamdagi futbolchilaridan katta futbolchi bo'lishlarini kutyapman. Qizil kartochka olgan himoyachisi bizga qarshi o'ynamagani ham yaxshi holat bo'ldi. Bu jamoa mazmunli o'yin ko'rsatmoqda. Yosh bo'lsa ham oldinga tepa-tep yo'q. Tarkibidagi ko'p futbolchilarining kelajagi porloq.
- Jamoa birinchi bo'limda ko'proq himoyada o'ynadi. Ikkinchi bo'limni esa hujumda o'tkazdi. Bu rejada bormidi?
- Ha, rejada bor edi. Birinchi bo'limda o'z o'yin uslubimizni boshqacharoq qilgandik va bu ish bermadi. Ikkinchi bo'limda esa o'yinni o'zgartirdik va bu ish berdi. Shu orqali gol urdik va o'yinni yutib ketdik. Ikkinchi bo'limda o'yin uslubimizni o'zgartirdik.
- "G'azalkent"da ham bir qancha yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Nima deb o'ylaysiz, raqiblaringizdan qanchalik omad yuz o'girdi?
- Omad kuchlilarga kulib boqadi. Birinchi bo'limda ular ikkita gol urishlari mumkin edi. Lekin ura olishmadi. Ikkinchi bo'limda esa biz urdik va yutib ketdik.
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18750 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 15905 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15086 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12171 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10805 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7255 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7184 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7036 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6434 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
![]() | 15.04.2026 01:08 Ўқилди 6162 De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir" |
Реклама
Сайт хақида