Bernardu Silva uchun "Barselona" bilan Yevropaning 3 ta klubi kurashmoqda
13.04.2026 22:16 Ўқилди: 595
Kataloniyaliklar uzoq vaqtdan beri "Siti" sardoriga qiziqib kelishiga qaramay, Yevropaning boshqa mashhur klublari bilan raqobatga duch kelmoqda. Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, "Yuventus", "Galatasaroy" va "Benfika" portugaliyalik futbolchini jalb qilishga qiziqish bildirmoqda, shuningdek, Saudiya Arabistoni klublari ham kurashda.
Bernardu Silva 2017 yildan beri "Manchester Siti"da o'ynab kelmoqda. 31 yoshli xavbek joriy mavsum Xosep Gvardiola jamoasi safida 43 o'yinda 3 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.