Elit Chempionlar ligasi. O'zbekistonlik hakamlar Saudiya Arabistonidagi bahsni boshqaradi
13.04.2026 21:16 Ўқилди: 200
Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlarimiz Saudiya Arabistonida xizmat ko'rsatishadi.
14 aprel kuni Saudiya Arabistonida mahalliy "Al Ittihod" hamda "Al Vahda" jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Ushbu o'yinni o'zbekistonlik referilar boshqarib borishi tasdiqlandi.
Hakamlar tarkibi:
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Yordamchi hakamlar: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik hakamlar so'nggi yillarda qita miqyosidagi eng nufuzli musobaqalarda muntazam ravishda ishonib topshirilayotgan mas'uliyatli o'yinlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelishmoqda.