
"Shalke 04" - "Bavariya" 0:0
“Shalke 04”: 1. Loris Karius, 5. Timo Bekker, 25. Nikola Katich, 4. Xasan Kuruchay (39. Maksimilian Vyober, 74’), 8. Robin Gosens (33. Vitaliy Bekker, 65’), 23. Sufyan El-Fauzi, 29. Erik Junior Ebimbe (43. Mertjan Ayxan, 65’), 13. Satosi Tanaka, 21. Deyan Lyubichich (38. Luka Vozar, 74’), 24. Adil Aushish (19. Kenan Karaman, 84’), 9. Mussa Silla.
Zaxira: 22. Kevin Myuller, 20. Chukvubuyke Adamu, 14. Yanik Baxman, 10. Edin Jeko.
“Bavariya”: 1. Manuel Noyer, 27. Konrad Laymer, 2. Deotshankyul Upamekano, 19. Alfonso Devis, 4. Jonatan Ta, 6. Yojua Kimmix, 45. Aleksandar Pavlovich (8. Tom Bishof, 74’), 14. Luis Dias, 34. Ismael Saybari (17. Maykl Olise, 57’), 42. Lennart Karl (10. Jamal Musiala, 57’), 11. Nataniel Braun (9. Xarri Keyn, 46’).
Zaxira: 40. Yonas Urbig, 3. Kim Min Je, 21. Xiroki Ito, 44. Yosip Stanishich, 39. Bara Ndiaye.
Ogohlantirishlar: 31 - Erik Junior Ebimbe, 35 - Deotshankyul Upamekano, 72 - Aleksandar Pavlovich, 73 - Nikola Katich
90+3. O'yin yakunlandi!
90. O'yinning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.
87. Keynning uzoq masofadan yo'llagan kuchli zarbasini Karius ajoyib tarzda qaytardi!
84. Bilasizmi, hozirgi vaqtgacha burchak zarbalari bo'yicha statistika - 0:10. Ha, “Bavariya” o'n marta burchak zarbasini amalga oshirdi!
82. Olisening burchakdan uzatgan to'piga Keyn zarba berdi, himoyachilar bartaraf eta olishdi.
80. So'nggi dekada boshlandi, buyog'iga asabiylik ham kuchayib boradi.
77. Myunxenliklar hujumlar sonini oshirmoqda, “Shalke” himoyasi esa bexato o'ynamoqda.
74. Har ikki jamoada ham o'zgarish amalga oshirildi.
68. Olise yaxshi vaziyatga chiqib borib zarba berolmadi, so'ng Dias urinib ko'rdi, unikini himoyachilar “bloklashdi”.
64. Laymer juda qulay vaziyatdan zarba berdi, ammo noaniq…
63. Myunxenliklar shturmlarni oshirmoqda. Golning isi kelmoqda.
59. Olisening zarbasini darvozabon qaytardi!
55. Taning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.
54. Luis Dias darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib, to'pni uning ustidan oshirib qo'ymoqchi edi, biroq “Shalke” himoyachilari faol harakat qilib, to'pni maydondan chiqarib yuborishdi…
51. Bo'limni o'zgarish bilan boshlagan myunxenliklardan hozircha aytarli vaziyat ko'rmadik.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
44. Yana bir zarba Diasdan, bu safargisini Karius qaytardi!
41. Luis Dias yaxshi vaziyatga ega bo'ldi, darvozaga zarba berdi, biroq noaniq ketdi…
36. Katichning jarima zarbasidan tepgan to'pini Noyer qaytardi.
35. Upamekano katta tezlikda oldinga o'tib ketayotgan “Shalke” futbolchisini qo'pollik bilan to'xtatib qoldi va shu sabab ogohlantirildi.
30. Saybaridan kuchli zarba, biroq noaniq ketdi…
29. Saybarining chapdan erlatib uzatgan to'pini raqib himoyachilari maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
25. Ebimbe “Bavariya” jarima maydonchasi ichida yiqildi, biroq bu penalti uchun etarli deb hisoblanmadi bosh hakam tomonidan.
20. Endi maydon egalari oldinga o'tmoqda, jamoa hozircha aytarli xavfli vaziyat yarata olmadi.
13. Braundan ajoyib zarbi va Kariusdan seyv!
12. To'p nazorati to'liqligicha myunxenliklarda, jamoa hujumga yorib kirishga variantlar izlamoqda.
8. Devisning uzatma aralash zarbasidan so'ng to'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.
3. Dastlabki zarbani ko'rdik, Karl tepgan to'p kuchsiz chiqdi.

2. O'yin harorati juda yuqori. Mezbon jamoa muxlislari super performans qilishgan.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Germaniya Bundesligasining 2-tur doirasidagi "Shalke 04" - "Bavariya" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
![]() | 01.09.2026 02:40 Ўқилди 17659 "Barselona" 7 ta gol urilgan o'yinda "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi va La Liga jadvalida peshqadamga aylandi |
![]() | 30.08.2026 02:40 Ўқилди 10143 La Liga. "Atletiko" mehmonda "Sevilya" darvozasiga uchta to'p kiritdi, Baenadan dubl |
![]() | 02.09.2026 01:16 Ўқилди 6574 "Man Siti" "Everton" vingeri Ndiayni 60+5 mln funtga sotib oldi |
![]() | 29.08.2026 02:16 Ўқилди 5433 “Kuchli beshlik sharhi”: Angliyada grandlar sinovi, Ispaniyada “Real” va “Barsa” poygasi, Bundesligada yangi mavsum |
![]() | 30.08.2026 12:08 Ўқилди 5229 Yan Diomandening "Real"ga transferi madridliklarga 230 million evroga tushadi |
![]() | 30.08.2026 19:56 Ўқилди 5097 O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi |
![]() | 01.09.2026 00:32 Ўқилди 5029 "Roma" Seriya A 2-turidan o'rin olgan o'yinda "Lechche"ni tor-mor etdi |
![]() | 28.08.2026 02:08 Ўқилди 4775 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Atletik Bilbao"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 01.09.2026 01:08 Ўқилди 4744 FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi |
![]() | 05.09.2026 23:24 Ўқилди 4418 Bundesliga. Yetakchilarda inqiroz davom etadi – "Bavariya" mehmonda "Shalke 04"ni yuta olmadi |
Реклама
Сайт хақида