FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi
01.09.2026 01:08 Ўқилди: 4621
The Times nashri xabariga ko'ra, FIFA Britaniyaning Ten Toes Media agentligi bilan 22 oy muddatga 2,5 mln evrodan ortiq summaga shartnoma tuzdi.
Manba tayangan hujjatlarga ko'ra, agentlik tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan ishlash uchun yollangan bo'lib, uning vazifalari orasida - "FIFA va prezident Djanni Infantino imijini himoya qilish", shuningdek, kontentga ijobiy munosabat shakllantirish bor.
Avvalroq Infantino Jahon chempionati va FIFA shafeligidagi boshqa turnirlarning tijoriy huquqlari bir qismini xususiy investorlarga sotish istagi sababli tanqidga uchragan edi. FIFA prezidentining navbatdagi saylovi 2027 yil 18 mart kuni bo'lib o'tadi.