
"Barselona" - "Atletik Bilbao" 2:0
Gollar: 37 - Rafinya, 82 - Fermin Lopes
“Barselona”: 1. Joan Garsiya, 24. Erik Garsiya (23. Jyul Kunde, 80’), 18. Jerar Martin, 5. Pau Kubarsi, 22. Mark Bernal (20. Dani Olmo, 63’), 8. Pedri (2. Joau Kanselu, 85’), 10. Lamin Yamal, 7. Fermin Lopes, 11. Rafinya (16. Rodri, 63’), 17. Entoni Gordon (14. Karim Adeyemi, 80’), 12. Xavi Espart.
Zaxira: 13. Voycex Shesni, 31. Eder Aler, 15. Andreas Kristensen, 3. Aleks Balde, 28. Brayan Farinyas, 29. Xamza Abdulkarim.
“Atletik Bilbao”: 1. Unay Simon, 5. Eray Alvares, 15. Ugo Rinkon, 14. Emerik Laport, 31. Joaneko Lui-Jan (19. Adama Boyro, 70’), 28. Peyo Kanales, 9. Inyaki Uilyams (7. Aleks Berenger, 60’), 8. Oyan Sanset, 18. Mikel Xaurexisar (24. Benyat Xerenabarrena, 70’), 10. Niko Uilyams (23. Robert Navarro, 60’), 11. Gorka Guruseta (25. Alvaro Jalo, 81’).
Zaxira: 13. Aleks Padilya, 4. Aytor Paredes, 12. Xesus Areso, 30. Iker Monreal, 16. Inigo Ruis de Galareta, 20. Alexandro Rego, 21. Maroan Sannadi.
Ogohlantirishlar: 27 - Xavi Espart, 48 - Gorka Guruseta, 61 - Joaneko Lui-Jan
90+4. O'yin yakunlandi.
90+2. Yamaldan erlatib yo'llangan zarba va to'pni Unay ushlab oldi.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
88. Unay Simon nimalar qilyapti bugun? Yana Adeyemi zarba berdi va yana “Atletik” posboni ajoyib seyv ko'rsatdi!
84. Yamalning ajoyib uzatmasini Adeyemi darvozaga yo'lladi, Simondan aqlbovar qilmas seyv!
83. Masala hal, buyog'iga endi bilbaoliklar nimadir qilishiga ishonish qiyin.

82. GOL! Fermin hisobni oshirdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pga “Atletik” himoyachisi teginib, darvozabondan o'tkazib yubordi, Lopes bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi.
79. Kubarsining akrobatik usulda bergan zarbasini Simon qaytdi.
75. Sansetning juda qulay vaziyatdan yo'llagan zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegdi.
68. Yamalning uzatma aralash zarbasidan so'ng to'p to'g'ri Simonga borib tushdi.
66. Ustunlik - to'laligicha maydon egalarida. Mehmonlar ikkinchi bo'limda aytarli vaziyat yarata olishmadi.
63. Maydonga “Man Siti”dan “Barsa”ga o'tgan Rodri zaxiradan tushdi.
62. Ferminning erlatib bergan zarbasini “Atletik” posboni bartaraf etdi!
59. Espart o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, Simon qaytardi.
55. Endi zarba navbati Ferminda, bunisini esa Simon qaytara oldi!
53. Yamaldan yana bir zarba, bu safar to'p darvoza to'siniga tegib qaytmoqda…
46. Rafinyaning uzatmasidan so'ng Gordon darvozaga zarba berdi, ammo bu noaniq bo'ldi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+5. Dastlabki bo'lim yakunlandi.
45+3. Laportga o'yin avvalrog'ida tibbiy yordam ko'rsatilgandi. Hozir ham unga nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng yordam ko'rsatilyapti. Ikkinchi bo'lim qaytmasa kerak.
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.
44. Inyaki Uilyamsning zarbasini Garsiya qaytardi, qo'shimchasiga bu vaziyatda o'yindan tashqari hoalt ham bo'lgan ekan.
42. Erik Garsiyaning zarbasi birozgina noaniq ketdi…
41. Simondan dahshat seyv! Bernalning uzatmasidan keyin Yamal birga-bir chiqdi va kuchli zarba berdi, Unay ajoyib tarzda qaytardi!
40. Niko Uilyamsning erlatib bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
39. Uilyams chap qanotdan yaxshi vaziyatga chiqib borib to'pni markazga uzatgandi, ammo himoyachilar faol harakat qilishdi.
38. Gol ko'rdik uchrashuvda, buyog'iga bilbaoliklar yanada faollashishlari kerak.

37. GOL! Rafinya hisobni ochdi! Pedrining kesma uzatmasidan so'ng braziliyalik hujumchi birga-bir vaziyatga chiqib borib, Simonni aldab o'tib, darvozani ishg'ol qildi!
37. Lui-Jan juda qulay vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo biroz noaniq bo'ldi.
36. Rafinyaning jarima zarbasidan tepgan to'pi “jonli devor”dan o'tmadi.
29. Yaxshi kombinaciya yakunida Pedri gol urgandi, biroq avvalroq Yamal offsaydda qolib ketgani sabab bekor qilindi gol.
24. Rafinyaning bosh bilan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi, so'ng Yamal tepgan to'p rekoshetga uchrab, maydonni tark etdi.
19. Yamalning uzoqdan yo'llagan zarbasi aniq bo'ldi, darvozabon bartaraf etdi!
15. Ferminning uzatmasidan so'ng Rafinya to'pni darvozaga yo'llay olmadi, himoyachilar “blok” qo'ya olishdi.
11. Yamalning zarbasi noaniq ketdi.
9. Erik Garsiyaning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
8. Yamalning Gordonga bergan uzatmasidan so'ng to'pni angliyalik futbolchi darvozaga yo'llay olmadi.
5. Mehmonlar ilk daqiqalardan faol: Uilyamsning markazga bergan uzatmasini Kubarsi bartaraf eta oldi.
1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Ispaniya chempionati 1-turi doirasidagi qoldirilgan "Barselona" - "Atletik Bilbao" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!
![]() | 25.08.2026 02:08 Ўқилди 18944 "Chelsi" Angliya Premer-ligasi 1-tur bahsida "Fulxem"ni mag'lub etdi |
![]() | 28.08.2026 02:08 Ўқилди 4604 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Atletik Bilbao"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 26.08.2026 01:48 Ўқилди 4538 Brunu PFA talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi |
![]() | 22.08.2026 23:56 Ўқилди 4351 A Seriya. "Inter" ilk turda "Monca" darvozasiga 4 ta to'p kiritdi |
![]() | 24.08.2026 19:56 Ўқилди 4212 “Manchester Siti” “Barselona” yarim himoyachisi bo'yicha so'rov yubordi |
![]() | 25.08.2026 01:16 Ўқилди 3825 Behruz Karimovning "Lugano"dagi ilk kuni |
![]() | 24.08.2026 23:40 Ўқилди 3783 "Nyukasl Yunayted" Niko Gonsales transferi borasida "Manchester Siti" bilan kelishib oldi |
![]() | 21.08.2026 00:56 Ўқилди 3430 "Galatasaroy" Rossiya termasi futbolchisini 25 million evroga sotib oldi |
![]() | 23.08.2026 01:16 Ўқилди 3211 "Inter" Lautaroning "Barsa"ga transferini "hatto 100 mln evroga" ham muhokama qilishni istamaydi |
![]() | 20.08.2026 02:16 Ўқилди 2434 YCHL. Rahmonaliev jamoasi "Xapoel Bir Sheva"ga mag'lub bo'ldi, oldinda javob uchrashuvi bor |
Реклама
Сайт хақида