
Bahs "Spotifay Kamp Nou" stadionida (Barselona, Ispaniya) bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Fransisko Xose Ernandes Maeso bosh hakam sifatida ishladi. Uchrashuvda 5:2 hisobidagi g'alabani mezbon jamoa futbolchilari nishonlashdi.
O'yindagi ilk golni 12-daqiqada "Rayo Valekano" hujumchisi Serxio Kamelo urdi. 19-daqiqada "Barselona" hujumchisi Rafinya hisobni tenglashtirdi, ikki daqiqa o'tib esa vinger Lamin Yamal "ko'k-anorranglilar"ni oldinga olib chiqdi. "Rayo Valekano" himoyachisi Floryan Lejyon 51-daqiqada o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. 59-daqiqada Serxio Kamelo dubl qayd etdi. 71-daqiqada Rafinya ham o'z dublini rasmiylashtirdi. 90-daqiqada Lamin Yamal ham ushbu uchrashuvdagi ikkinchi golini urib, yakuniy hisobni o'rnatdi - 5:2.
“Barselona” - “Rayo Valekano” 5:2
Gollar: Rafinya 19, 71, Yamal 21, 90, Lejen 51 (avtogol), - Kamelo 12, 59.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:
"Barselona": Joan Garsiya, Kubarsi, Kunde, Kristensen, Pedri, Olmo, Espart, Bernal, Gordon, Rafinya, Yamal.
"Rayo Valekano": Kardenas, Lejyon, Vertroud, Siss, Lopes, de Frutos, Kamelo, Garsiya, Baliu, Martin, Buare.
Ispaniya chempionatidagi uchta o'yindan so'ng "Barselona" to'qqiz ochko jamg'arib, turnir jadvalini boshqarib oldi. Madridning "Real" klubi ham to'qqiz ochko jamg'argan, ammo to'plar nisbatiga ko'ra "ko'k-anorranglilar"dan ortda qolmoqda. "Rayo Valekano" bir ochko ishlab olgan va 18-pog'onada joylashgan.
![]() | 25.08.2026 02:08 Ўқилди 19067 "Chelsi" Angliya Premer-ligasi 1-tur bahsida "Fulxem"ni mag'lub etdi |
![]() | 01.09.2026 02:40 Ўқилди 17497 "Barselona" 7 ta gol urilgan o'yinda "Rayo Valekano"ni mag'lub etdi va La Liga jadvalida peshqadamga aylandi |
![]() | 30.08.2026 02:40 Ўқилди 10008 La Liga. "Atletiko" mehmonda "Sevilya" darvozasiga uchta to'p kiritdi, Baenadan dubl |
![]() | 29.08.2026 02:16 Ўқилди 5325 “Kuchli beshlik sharhi”: Angliyada grandlar sinovi, Ispaniyada “Real” va “Barsa” poygasi, Bundesligada yangi mavsum |
![]() | 30.08.2026 12:08 Ўқилди 5142 Yan Diomandening "Real"ga transferi madridliklarga 230 million evroga tushadi |
![]() | 30.08.2026 19:56 Ўқилди 5013 O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi |
![]() | 01.09.2026 00:32 Ўқилди 4948 "Roma" Seriya A 2-turidan o'rin olgan o'yinda "Lechche"ni tor-mor etdi |
![]() | 28.08.2026 02:08 Ўқилди 4700 La Liga. "Barselona" o'z uyida "Atletik Bilbao"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi |
![]() | 01.09.2026 01:08 Ўқилди 4657 FIFA Infantinoning imijini yaxshilash uchun 2,5 mln evrodan ortiq mablag' sarflaydi |
![]() | 26.08.2026 01:48 Ўқилди 4604 Brunu PFA talqiniga ko'ra APLda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi |
Реклама
Сайт хақида