Sofascore. Shomurodov eng zo'ri. Fayzullayev esa...
05.09.2026 07:24 Ўқилди: 337
Mezbonlar safida Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev ilk daqiqalardan maydonda harakat qilishdi. Bahsning 66-daqiqasida Eldor Shomurodov Abbosbek Fayzullayev tomonidan ishlangan penaltini golga aylantirdi.
Sofascore nashri kechagi uchrashuv uchun Eldor Shomurodovga 7,4 baho qo'ydi va bu ko'rsatkich mezbon futbolchilari orasidagi eng kattasi bo'ldi. Abbosbek Fayzullayev esa 6,9 bahoga loyiq ko'rildi.