Kerrik MYUdagi kelajagi haqida: "Har hafta bir xil gapni aytyapman"
24.04.2026 16:56 Ўқилди: 296
"Men bu yerda bo'lishdan mamnunligimni, o'zim egallab turgan roldan zavqlanayotganimni ko'p marta aytdim. Ijobiy natijalarga erishdik va juda yaxshi formadamiz. Hali kuchayishimiz kerak bo'lgan jihatlar bor, erishmoqchi bo'lgan marralarimiz bor.
Men har hafta bir xil gapni aytyapman. Bu borada juda ko'p gaplar gapirildi. Yana bir bor aytaman, bu yerdaligimdan baxtiyorman. Hozirgi holatda bu men uchun sharaf, ammo zimmamizdagi mas'uliyat bilan yashayapman.
Rostini aytsam, qachon aniqlik kiritilishini bilmayman. O'ylaymanki, hammasini o'zini vaqti keladi. Hozir jamoaga va klubga natijalarga erishishda yordam berish uchun shu yerdaman. Ayni paytda biz uchun hammasi maromida ketmoqda", – dedi 44 yoshli mutaxassis.
Kerrik 2026 yilning yanvaridan buyon "Manchester Yunayted"ni boshqarib kelmoqda va uning shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha amal qiladi.