
Hujumchi “BuxDU” bilan bahsda nafaqat qaydnomaga kiritildi, balki maydonda bir necha daqiqa harakat qilib, jamoasining g'alabasiga ham hissa qo'shdi.
O'z navbatida, klub matbuot xizmati Melievga bir qator savollar bilan yuzlandi.
- Dastlabki turdan keyin "yo'q" bo'lib qolishingiz sababi va tiklanish jarayoni haqida aytib bersangiz…
- Dastlabki turda Qo'qonda bo'lib o'tgan "Yaypan"ga qarshi bahsda maydonga tushdim. Uchrashuvdan keyin mashg'ulotda jarohat oldim va shifokorlarimizning ko'rsatmasiga binoan jamoaga yordam bera olmadim hamda tiklanish jarayonini o'tkazdim. Boshqa hech qanday muammo yo'q.
Aslida barchasi kutilmaganda bo'ldi. Kichik jarohat oldim, shukrki barchasi engil o'tdi. O'z navbatida, imkon qadar tez safga qaytishimda astoydil mehnat qilgan jamoam shifokori va massajchilariga alohida rahmat aytmoqchiman.
- Jamoadagi ichki muhit haqida...
- Jamoamizda ichki muhit a'lo darajada. Barchamiz bir-birimiz bilan aka-uka va bir oiladekmiz, ko'z tegmasin. Kerak vaqtlarda tajribaliroq futbolchilar yoshlarga maslahat bermoqda, yoshlar ham o'z navbatida o'zlari uchun qimmatli fikrlarni to'g'ri qabul qilib, akalarni hurmat qilyapti.
- Jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgan. 4-turdan keyin jamoa qo'shimcha ko'rsatkichlar evaziga yetakchi bo'lib oldi, ammo hali mavsum startida turibmiz va oldinda o'yinlar ko'p. Bu borada siz qanday fikrdasiz?
- Maqsadimiz - "Metallurg"ni Superligaga qaytarish. Biz bu yo'lda aynan shu maqsadni ko'zlab davom etyapmiz. Barcha jamoalarni hurmat qilamiz, ammo chempionlik uchun kurashda aniq bir raqibni ajratib ko'rsatmagan bo'lardim. Istalgan raqibga qarshi bahsda maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz.
![]() | 19.04.2026 20:24 Ўқилди 21384 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18873 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 16064 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15212 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12240 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 19.04.2026 21:40 Ўқилди 6601 OCHL-2. Lutfullin boshqargan o'yinda "Al Nassr" "Al Vasl"ni yirik hisobda engdi, Ronaldu 969-golini urdi |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6482 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
![]() | 15.04.2026 01:08 Ўқилди 6204 De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir" |
![]() | 15.04.2026 01:32 Ўқилди 5207 Eron JCH-2026 ishtirokidan voz kechishi mumkinmi? Sport vaziri vaziyatga oydinlik kiritdi |
![]() | 15.04.2026 00:00 Ўқилди 4969 Andijonlik 15 yoshli futbolchi "Chelsi" bilan shartnoma imzolamoqda |
Реклама
Сайт хақида