Manbaning xabariga ko'ra, 21 yoshli portugaliyalik futbolchini vatandoshi, PSJ sport direktori Luish Kampush transfer qilmoqda.
Fernandesh "Vest Xem"da 2025 yilning avgustidan beri o'ynab kelmoqda. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi.
Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 37 o'yinda qatnashib, 5 ta to'p kiritdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 35 million evroga baholamoqda.