⚡️ "Barselona" afsonasi "Chelsi" boshqaruvini qo'lga olishi mumkin
24.04.2026 11:56 Ўқилди: 381
"The Mirror" ma'lumotlariga qaraganda, ispan futboli afsonasi "ko'klar" bosh murabbiyi lavozimi uchun nomzodlar qatorida.
"Barselona"dan ketganidan beri klubsiz yurgan Xavi London klubi tomonidan hujumkor uslubni qo'llovchi va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tuzishga qodir murabbiy sifatida qaraladi.
Xavining yaqinda "The Athletic" nashriga bergan intervyusida Angliya Premer-ligasida ishlash uning ustuvor vazifasi ekanligini tasdiqlagandi.
"Men shoshilmayapman, lekin jamoa tuzish uchun taxminan 4 yil vaqt beradigan yaxshi loyiha ustida ishlashni istayman", – degandi u.
Eslatib o'tamiz, 46 yoshli Xavi 2021 yildan 2024 yilgacha "Barselona"ga bosh murabbiy bo'lgan. Jamoa uning boshqaruvida 2022/23 yilgi mavsum Ispaniya chempionligini qo'lga kiritgan edi.