Rebrov Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan iste'foga chiqdi
24.04.2026 11:32 Ўқилди: 404
U milliy terma jamoadagi lavozimini o'z oldiga qo'yilgan maqsadlarga erisha olmagani uchun tark etdi.
Ukraina futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, ikki tomon hamkorligini milliy terma jamoa AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan JCH-2026'ga chiqa olmaganidan keyin to'xtatgan. Kievning "Dinamo" va "Tottenxem" sobiq hujumchisi 2023 yilning iyun oyidan beri milliy terma jamoaga murabbiylik qilib kelayotgan edi.
Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatiga chiqa olmagani 51 yoshli murabbiyning kyetishiga asosiy sabab bo'lgan. Bu lavozimni kim egallashi tez orada e'lon qilinadi.