Saudiya Arabiston terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
24.04.2026 10:48 Ўқилди: 136
17 aprel kuni, 2026 yilgi Jahon chempionati boshlanishiga ikki oy qolganida jamoaning avvalgi murabbiyi Erve Renard ishdan bo'shatildi.
Eslatib o'tamiz, saudiyaliklar 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichiga yo'llanma olishgan va u yerda ular H guruhida Ispaniya, Kabo-Verde va Urugvay bilan bellashadilar.
56 yoshli Donis 2021 yildan beri Saudiya Arabistonida murabbiylik qilib keladi. U "Al Hilol", "Al Vahda", "Al Fateh" va "Al Xalej" kabi klublarni boshqargan.