25 aprel kuni Elit Chempionlar Ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda Saudiya Arabistonining “Al Ahli” hamda Yaponiyaning “Machida” jamoalari o'zaro to'qnash keladi.
Mazkur bellashuvni o'zbekistonlik hakamlar jamoasi boshqarib boradi.
Uchrashuvda Ilgiz Tantashev bosh hakam sifatida, Andrey Sapenko yordamchi hakam sifatida ishlaydi. Shuningdek, Firdavs Norsafarov AVAR sifatida faoliyat olib boradi.