"Chelsi" futbolchisi JCHni o'tkazib yuborishi mumkin
23.04.2026 13:08 Ўқилди: 409
Nashrning xabar berishicha, son mushagi jarohati kutilganidan ancha jiddiy. Tekshiruvdan so'ng braziliyalik futbolchiga 4-darajali mushak jarohati tashxisi qo'yildi, bu uning Jahon chempionatigacha tiklanishiga shubha uyg'otadi.
Estevao "Chelsi"ga o'tgan yili Braziliyaning "Palmeyras" jamoasidan 47 million evro evaziga qo'shilgandi. London klubi 18 yoshli vunderkind bilan 2033 yilning iyun oyigacha shartnoma imzolagan. Bu mavsumda braziliyalik barcha musobaqalarda "ko'klar" safida 36 o'yinda qatnashib, 8 ta to'p kiritdi va 4 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt braziliyalik futbolchini 80 million evroga baholamoqda.