"Chelsi" bosh murabbiylikka olib kelishi mumkin bo'lgan 2 nafar nomzod ma'lum
23.04.2026 12:56 Ўқилди: 211
"RMC Sport" xabariga ko'ra, "ko'klar" rahbariyati jamoani chuqur inqirozdan olib chiqishga qodir mutaxassislar bilan dastlabki muzokaralarni boshladi.
Andoni Iraola "Chelsi" nomzodlari ro'yxatida yetakchi hisoblanadi. Ispaniyalik murabbiy mavsum oxirida "Bornmut"dan kyetishini rasman e'lon qildi va manbalar London klubi u bilan allaqachon aloqa o'rnatganini xabar qilmoqda.
Bo'sh o'rin uchun ikkinchi davogar - Edin Terzich. "Borussiya" Dortmund sobiq murabbiyi hozirda Yevropa murabbiylik bozorida eng talabgir erkin agentlardan biri.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi"ni mavsum oxirigacha Kallum Makfarleyn boshqarib turadi.