Alvaro Arbeloa: "Vinisius "Real"da qolishini istayman, muxlislar uni yaxshi ko'rishadi"
22.04.2026 14:16 Ўқилди: 258
Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchining amaldagi kelishuvi 2027 yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan.
Taniqli insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Arbeloa vingerning klubda qolishi tarafdori:
"Vinisius bilan shartnomani uzaytirish? Uning shu yerda, "Real"da qolishiga umid qilaman va buni juda xohlayman. Muxlislar uni yaxshi ko'rishadi", - dedi murabbiy.
Ma'lumot uchun, "Transfermarkt" portali 25 yoshli hujumchining bozor qiymatini 150 million evroga baholagan. Joriy mavsumda Vinisius "qirollik klubi" safida barcha musobaqalarda 48 ta o'yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.