"Real Madrid" Sebastian Xenessga qiziqish bildirmoqda: Nemis mutaxassisi "Qirollik klubi" short-listida
22.04.2026 13:32 Ўқилди: 745
Taniqli insayder Kristian Falkning xabar berishicha, "Shtutgart" bosh murabbiyi Sebastian Xeness madridliklarning nomzodlar ro'yxatiga kiritilgan.
Ma'lum qilinishicha, "Real" rahbariyati Xeness boshchiligidagi "Shtutgart"ning dominant o'yin uslubidan hayratda qolgan. Ayniqsa, jamoa tarkibida yulduz futbolchilar bo'lmasa-da, nemis klubining ko'rsatayotgan mazmunli o'yini Florentino Peres va uning maslahatchilarida katta taassurot qoldirgan.
Ayni damda "Shtutgart" Bundesligada 30-turdan so'ng 56 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda va Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun asosiy davogarlardan biri bo'lib turibdi.