
❌ "Lokomotiv" – "Navbahor"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Barcha taqdim etilgan rakurslardan "Lokomotiv" himoyachisi va "Navbahor" hujumchisi o'rtasida hech qanday kontakt bo'lganini ko'rmayapmiz. Himoyadagi o'yinchi hech qanday qo'shimcha harakat qilmagan, shunchaki yugurib ketyapti. Bizningcha, hakam penalti belgilab xato qildi. VAR to'g'ri aralashdi, ammo hakam negadir o'z qarorini kuchda qoldirdi. "Navbahor" o'yinchisini simulyaciya uchun sariq kartochka bilan jazolash kerak edi.
✅ OKMK – "Buxoro"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Gol to'g'ri hisobga olingan. OKMK darvozaboni to'pga egalik qilmayotgan bir vaqtda, "Buxoro" o'yinchisi yuqoriga sakrab, to'pga o'ynamoqda. Bu yerda darvozabonga nisbatan xavfli harakat yo'q.
✅ "Neftchi" – "Nasaf"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Takroriy lavhalarning hech birida "Nasaf" o'yinchisi to'pga tegganiga 100% ishonch yo'q. Biroq gol urgan boshqa bir hujum vakili aniq ofsaydda edi. Ko'rinishidan, to'p "Neftchi" darvozaboniga tegib, undan "Nasaf"ning ikkinchi o'yinchisiga qaytgan.
Agar fol haqida gapiradigan bo'lsak, hujumdagi o'yinchi yaqqol fol ishlatmagan. Balki, darvozabon tomonidan qoida buzilishini qayd etish kerak edi. Ammo bu vaziyatda u sariq kartochkaga ham, qizil kartochkaga ham loyiq emasdi – to'p havoda edi va unga hech kim egalik qilmayotgandi. Agar ushbu yakkakurashda "Neftchi" darvozaboni qo'l bilan o'ynagan bo'lsa ham, bu qizil kartochka emas.
✅ "Neftchi" – "Nasaf"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
"Klassik" penalti. "Neftchi" o'yinchisi to'pga o'ynamoqda, "Nasaf" himoyachisi esa kechikib, uning oyog'iga zarba bermoqda. Bizning fikrimizcha, to'g'ri qaror – intizomiy jazosiz (kartochkasiz) penalti belgilash.
❌ "Paxtakor" – "Dinamo"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Bahsli vaziyat. Dastlab hakam xatoga yo'l qo'ydi va "Paxtakor" o'yinchisiga hech qanday kartochka ko'rsatmadi. To'g'ri, biz bu yerda o'yinchining og'irligi bilan "bosib olish"ni ko'rmayapmiz, lekin yuqori intensivlik va zarba berilgan nuqta (butsa tishlari bilan boldirga) bor. O'yinchilar qarama-qarshi yo'nalishda va yuqori tezlikda harakatlanishgan, bunday holatda jarohat etkazish xavfi mavjud. Bizningcha, bu yerda qizil kartochka uchun mezonlar ko'proq.
✅ "Paxtakor" – "Dinamo"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Qanot hakami "Dinamo" o'yinchisida o'yindan tashqari holatni qayd etib xato qildi. Biroq VAR to'g'ri aralashdi va bosh hakam golni hisobga oldi.

✅ "Paxtakor" – "Dinamo"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Bu yerda, bizningcha, hakam vaziyatni ko'rib chiqqandan so'ng to'g'ri qaror qabul qildi va "Dinamo" o'yinchisiga sariq kartochka ko'rsatdi. U o'ylamasdan harakat qildi va kontaktning raqib uchun qanday oqibatlarga olib kelishini hisobga olmadi.
✅ "Paxtakor" – "Dinamo"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Bu ham oson vaziyat emas. "Dinamo" himoyachisi uzatmani to'xtatishga harakat qilib tashlandi. Harakat boshida uning qo'li "tayanch" holatida edi, lekin shu bilan birga u qo'lini chetga cho'zishda davom etib, tana maydonini kattalashtirdi. To'g'ri qaror – penalti.
Shu tariqa, Superliganing 8-turida hakamlar ikkita qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi.
![]() | 19.04.2026 20:24 Ўқилди 21288 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18828 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 16016 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15185 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12231 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10847 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7066 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 19.04.2026 21:40 Ўқилди 6592 OCHL-2. Lutfullin boshqargan o'yinda "Al Nassr" "Al Vasl"ni yirik hisobda engdi, Ronaldu 969-golini urdi |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6470 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
![]() | 15.04.2026 01:08 Ўқилди 6201 De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir" |
Реклама
Сайт хақида