Manbaning ma'lum qilishicha, "Barselona" 21 yoshli italiyalik futbolchini qanot himoyasini kuchaytirish uchun universal variant sifatida ko'radi. "Arsenal", "Manchester Siti", "Yuventus" va "Inter" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Palestra 2025/26 yilgi mavsum "Kalyari"da ijarada o'ynadi hamda 32 o'yinda 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi. Himoyachining "Atalanta" bilan bitimi 2029 yil 30 iyunda tugaydi.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.