Myunxenliklar 19 aprel kuni "Shtutgart" ustidan 4:2 hisobida g'alaba qozonib, ligada birinchi o'rinni egalladi. To'rt tur qolganida "Bavariya" Bundesligada 79 ochko bilan yetakchilik qilmoqda va endi ikkinchi o'rindagi "Borussiya" Dortmund" (64 ochko) unga hech qanaqasiga etolmaydi.
"Bu ajoyib his. Har bir unvon men uchun birinchisidek. Bu lahzalardan zavqlanish kerak, chunki ular nafaqat bu mavsumda, balki yillar davomida qilingan mehnatning samarasidir.
Chempionlar Ligasining amaldagi g'olibi PSJ bilan o'yini, ehtimol, eng qiyin sinovdir. Ammo undan oldin bizni "Bayer"ga qarshi o'yin kutib turibdi", – dedi Kompani.
"Bavariya" 22 aprel kuni Germaniya Kubogi yarim finalida "Bayer" bilan o'ynaydi. Jamoa 28 aprel kuni Chempionlar Ligasi yarim finalida PSJ bilan ro'baro' keladi.