
Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 8-turning eng yaxshi darvozaboni - O'tkir Yusupov
“Navbahor” yakuniga etgan turda “Lokomotiv” bilan bahs yuritib, 2:0 hisobida muvaffaqiyat qozondi. Bu g'alabada O'zbekiston terma jamoasi asosiy posboni O'tkir Yusupovning hissasi katta bo'ldi. U bahsda naqd 7 ta seyv amalga oshirdi, shuningdek, jamoasini muqarrar goldan saqlab qolgan holat ham kuzatildi. Shunday qilib, Championat.asia sayti aynan O'tkir Yusupovni tur darvozaboni nomiga loyiq ko'rdi.

Championat.asia sayti talqinida 8-turning eng yaxshi murabbiyi - Ilyos Zeytullaev (“Bunyodkor”)
“Bunyodkor” bu turda Zominda “So'g'diyona” bilan to'qnash kelib, 3:2 hisobidagi g'alabani tantana qildi. “Qaldirg'ochlar” dastlab 0:2 hisobida ortda borayotganiga qaramay, o'yin tizginini o'zi tomonga og'dira oldi. Shu tariqa, chiroyli o'yin va munosib jang evaziga g'alabani qo'lga kiritgan murabbiy Championat.asia sayti tomonidan tur murabbiyi deb topildi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 8-turning eng yaxshi futbolchisi - Bilolxon Toshmirzaev (“Bunyodkor”)
Yuqorida yozib o'tganimizdek, “Bunyodkor” bu turda safarda “So'g'diyona”dan ustun keldi. Uchrashuv Bilolxon Toshmirzaevning benifisiga aylanib ketdi. 28 yoshli vinger faoliyatidagi eng yorqin o'yinlaridan birini o'tkazib, xet-trikni rasmiylashtirdi. Championat.asia ijodkorlari so'zsiz aynan uni tur futbolchisi deya etirof etdi.

Championat.asia sayti talqinida 8-turning eng chiroyli goli muallifi - Bilolxon Toshmirzaev (“Bunyodkor”)
8-turning eng yaxshi futbolchisi Bilolxon Toshmirzaev tur goliga ham mualliflik qildi. Urilgan golda chiroydan ko'ra amalga oshirilgan kombinaciya muhim ahamiyat kasb etdi. O'zbek futbolida bunday gollar kamdan kam uchraydi - ketma-ket aniq paslar va muvaffaqiyatli yakun. Yana bir muhim jihat shundaki, bu gol jamoaga yakunda g'alaba keltirdi (3:2). Championat.asia sayti ortiqcha muhokamalarsiz Bilolxon Toshmirzaevni 8-turning eng chiroyli goli muallifi deb topdi.

![]() | 19.04.2026 20:24 Ўқилди 21240 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18795 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 15995 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15155 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12222 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10841 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7057 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 19.04.2026 21:40 Ўқилди 6580 OCHL-2. Lutfullin boshqargan o'yinda "Al Nassr" "Al Vasl"ni yirik hisobda engdi, Ronaldu 969-golini urdi |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6461 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
![]() | 15.04.2026 01:08 Ўқилди 6189 De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir" |
Реклама
Сайт хақида