
Shu kuni "qaldirg'ochlar" tarkibida Bilolxon Toshmirzaev xet-trik muallifiga aylanib, o'yin qahramoni bo'ldi.
Biz futbolchi bilan jamoadagi muhit, bosh murabbiy Ilyos Zeytullaevning talablari hamda ushbu muvaffaqiyat haqida suhbatlashdik.
- "So'g'diyona" ga qarshi o'yindan qanday taassurotlar bilan qoldingiz?
- O'yin juda qiziqarli, kurashlarga boy va tomoshabop o'tdi. Uchrashuv yakunida menda juda yaxshi taassurotlar qoldi. Qolaversa, uchta gol urib, jamoamga yordam bera olganimdan xursandman.
- Faoliyatingizdagi ilk xet-trikni rasmiylashtirdingiz. Bu muvaffaqiyat haqida qanday fikrdasiz?
- Albatta, bu faoliyatimdagi ilk xet-trik edi. Bu men uchun juda katta motivaciya. Kelgusida ham gollar urishda davom etish va yanada yuqori natijalarga erishish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman.
- Uchinchi gol 12 ta pasdan keyin amalga oshirildi. Bu murabbiyning taktik ko'rsatmasimi yoki raqibning bo'sh zona qoldirganidan foydalanishmi?
- Juda chiroyli gol bo'ldi, men ham videotakrorlarni tomosha qildim. Buni bemalol murabbiyimizning imzosi deb ayta olaman. Mashg'ulotlarda aynan shunday hujumkor va kombinacion uslublar ustida tinimsiz ishlaymiz.
- "Bunyodkor" ayni damda qiyin vaziyatda bo'lishiga qaramay, o'yin sifati borasida ijobiy o'zgarishlar ko'zga tashlanmoqda. Bu nima bilan bog'liq?
- To'g'ri, hozir qiyin ahvolda ekanimiz rost. Ammo bosh murabbiyimiz o'z motivaciyasi va ishonchi bilan bizni birlashtirib, olg'a etaklamoqda. Shu kungacha bo'lgan natijalar shuning samarasi. Buyog'iga nima bo'lishini esa vaqt ko'rsatadi (kuladi).
- Qishki transferlar oynasida "Bunyodkor" safiga kelib qo'shildingiz. O'tgan uch oydan ortiq vaqt mobaynida bosh murabbiy Ilyos Zeytullaevning ish uslubi va jamoadagi muhit haqida qanday xulosalarga keldingiz?
- Jamoaga moslashish dastlab biroz qiyin kechdi, hozir esa to'liq kirishib ketyapman. Jamoadagi muhit juda a'lo darajada. Murabbiy esa mutlaqo boshqacha dunyoga ega. Uning harakatlari, mashg'ulot o'tkazish va ishlash uslubi menga juda maqul kelmoqda.
![]() | 19.04.2026 20:24 Ўқилди 21237 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18795 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 15995 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15155 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12222 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10841 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7057 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 19.04.2026 21:40 Ўқилди 6580 OCHL-2. Lutfullin boshqargan o'yinda "Al Nassr" "Al Vasl"ni yirik hisobda engdi, Ronaldu 969-golini urdi |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6461 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
![]() | 15.04.2026 01:08 Ўқилди 6189 De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir" |
Реклама
Сайт хақида