Manbaning xabar berishicha, 31 yoshli braziliyalik futbolchi jamoada qolishni xohlaydimi yoki yo'q, o'zi hal qiladi. Parijliklar mavsum oxirida uning kyetishiga tayyor.
Markinos PSJda 2013 yildan beri o'ynab kelmoqda. U ushbu mavsum barcha musobaqalarda 26 o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Braziliyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.