23 yoshli futbolchiga gastroenterit tashxisi qo'yilgan, bu esa uni Chempionlar Ligasi chorak finalining "Bavariya"ga qarshi ikkinchi o'yinini o'tkazib yuborishga majbur qildi. "Tiempo de Juego"ning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi kasallik sababini aniqlash uchun bir muddat kasalxonada yotdi. U 2 hafta ichida 6 kg vazn yo'qotdi.
Shanba kuni Asensio allaqachon kasalxonadan chiqqani, ammo u seshanba kungi "Alaves"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olmasligi ma'lum bo'ldi. Markaziy himoyachining qaytish sanasi noma'lumligicha qolmoqda.