Bobur Abdurahmonov: “Bugun ham chiroyli o'yin ko'rsatdik, ham g'alabani qo'lga kiritdik”
19.04.2026 23:32 Ўқилди: 328
– O'yin haqida…
– Umumiy fikrim – yaxshi. Shogirdlarim ko'ngildagidek o'ynashdi, ikkita o'yindan beri yaxshi o'ynayotgan edik, biroq omad yetishmayotgan edi. Bugun ham chiroyli o'yin ko'rsatdik, ham g'alabani qo'lga kiritdik.
– Bugungi o'yinda jamoangizni qaysi xislatlari sizni xursand qildi?
– Xursand qilgan tarafi – yigitlar qo'rqmasdan, o'yin oxirigacha borini berib o'ynashdi. Xarakter ko'rsatishdi. Shuningdek, ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi.