Levandovski "Barselona"dagi kelajagi haqida nimalar dedi?
17.04.2026 13:32 Ўқилди: 22
Hujumchining so'zlariga ko'ra, u jamoaning hozirgi maqsadlari ustuvorligicha qolayotgani sababli hozircha shartnoma masalalariga chuqurroq kirishishni istamaydi.
"Bizda vaqt bor. Klub mening poziciyamni biladi. Hozirda bu mavsumdagi maqsadlarga e'tibor qaratish muhim. Kelajak va takliflar haqidagi muhokamalar kutib turishi mumkin", – dedi Levandovski.
Avvalroq Kataloniya klubi hujumchining shartnomasini 2027 yil yoziga qadar uzaytirishni taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Biroq yangi shartlarni qulay deb bo'lmaydi: rahbariyat maoshni deyarli yarmiga - 40-50% ga qisqartirishni taklif qilmoqda.
Levandovski "Barselona" safida 2022 yildan beri o'ynab kelmoqda. Uning amaldagi bitimi 2027 yilgacha amal qiladi. Bu mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 40 o'yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.