
6-tur
❓ "Lokomotiv" – "Xorazm"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Ushbu vaziyatda ofsayd chizig'i to'p bo'ylab tortiladi. Afsuski, taqdim etilgan rakursda to'pning o'zini ko'rmayapmiz. Ofsaydni faqat taxmin qilish mumkin, ammo 100 foiz ishonch bilan aytib bo'lmaydi. Ideal holatda, agar qanot hakamining xatosiga dalil bo'lmasa, uning qarorini qo'llab-quvvatlash kerak. Misol tariqasida, VAR markazlarida hakamlar ishlatadigan dasturga o'xshash o'zimizning dasturimiz orqali chiziqlarni tortib ko'rdik. Ular orqali to'p qayerda joylashganini istalgan joyda "taxmin qilish" mumkinligini ko'ryapmiz. Ushbu rakurs shunchaki etarli ma'lumot bermaydi va u bo'yicha chiziq tortish mumkin emas.
❓ "Lokomotiv" – "Xorazm"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Yana shunday vaziyatki, taqdim etilgan har ikki rakurs ham bosh hakam xato qilganiga hech qanday dalil bermaydi. Oq libosdagi futbolchining orqa tomonidan to'p va qo'lning tegishi ko'rinmayapti, shuning uchun hakam xato qildi deb ayta olmaymiz.
✅❌ "Mashal" – "Bunyodkor"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
To'p o'yinda bo'lmagan bir paytda “Mashal” o'yinchisi qo'lini bukib, raqibining qorniga tirsagi bilan atayin zarba beradi. Bizningcha, hakam futbolchini maydondan chetlatib, to'g'ri qaror qabul qilgan. Biroq “Bunyodkor” o'yinchisiga ham g'ayrisportcha xatti-harakati (raqibni provokaciyaga chorlagani) uchun sariq kartochka ko'rsatilishi kerak edi.
✅ "Mashal" – "Bunyodkor"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Bizningcha, ushbu vaziyatda hakam to'g'ri qaror chiqardi. To'p ancha vaqt havoda uchib, yuqoridan “Mashal” futbolchisining qo'liga kelib tushdi. Qo'l gavdadan tabiiy holatda bo'lmagani uchun penalti belgilangani – to'g'ri qaror.
❌ "Qo'qon-1912" – "Nasaf"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Bu vaziyatda hakam xatoga yo'l qo'ydi: u na folni qayd etdi, na istiqbolli hujumni buzgani uchun “Nasaf” himoyachisiga sariq kartochka ko'rsatdi. Bizningcha, VAR to'g'ri aralashmadi, chunki taqdim etilgan barcha rakurslarda qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida sodir bo'lgani yaqqol ko'rinib turibdi. Takroriy lavhalarda himoyachining raqib oyog'iga zarba bergan chap oyog'i jarima maydonchasi chizig'idan tashqarida ekanligi aks etgan.
❌ "Qo'qon-1912" – "Nasaf"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Vaziyat bahsli, ammo biz uchun bu penalti emas. Nima sodir bo'lganini tushunish uchun eng yaxshi rakurs – hujumchining orqa tomonidan olingani. "Nasaf" darvozaboni to'pga o'ynayapti, uni o'zidan chapga qaytaryapti, shundan so'ng to'qnashuv sodir bo'lmoqda. Bunday to'qnashuvlarda biz doimo bir savolga javob berishimiz kerak: bu to'qnashuv tashabbuskori kim? Menimcha, bu yerda tashabbuskor "Qo'qon-1912" hujumchisi ekanligi aniq. U darvozabon tomon harakat qildi va darvozabon to'pga o'ynagan hududga kelib urildi.
Shu bilan birga, darvozabon qoidabuzarlikka olib kelishi mumkin bo'lgan qo'shimcha harakatlar qilmagan. Darvozabonning qo'li va hujumchining oyog'i o'rtasidagi to'qnashuv darvozabon maydonda yotgan paytida sodir bo'lgan. Aslida, golkiper yuzini hujumchining oyog'idan himoya qilish uchun qo'lini oldinga chiqargan. Bu fol emas, himoya chorasi. Golkiper tomonidan qilingan bu qo'l harakati hujumchining to'pga yetib borishiga to'sqinlik qilish maqsadida qilingan deb hisoblamayman. Shuning uchun bu yerda fol ko'rmayapman. Darvozabon o'z ishini qildi, to'pni qaytardi, shundan so'ng hujumchi boshlagan to'qnashuvdan himoyalandi.
✅ "OKMK" – "Surxon"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Ushbu vaziyatda hakam, bizningcha, "Surxon" futbolchisiga sariq kartochkani to'g'ri ko'rsatdi. Dastlab u darvozabon bilan to'p uchun kurash olib bordi, ammo darvozabon to'pni egallab olganidan keyin ham u bu kurashni davom ettirishga qaror qildi va darvozabonga zarba berib yubordi. "Surxon" o'yinchisining harakatlarida o'ta tajovuzkorlik yoki kuchli zarba yo'q edi, shuning uchun bu qizil emas, sariq kartochka.
✅ "Neftchi" – "Paxtakor"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Bahsli vaziyat. "Neftchi" o'yinchisi uzatmani amalga oshiradi, shundan so'ng podkat tashlab o'ynashga harakat qilayotgan raqib bilan to'qnashuv sodir bo'ladi. Fikrimizcha, o'yinchi to'pni uzatganidan keyin muqarrar to'qnashuv yuz beradi. "Neftchi" futbolchisi hech qanday qo'shimcha harakat qilmayapti, shunchaki tormozlanyapti, shuning uchun, nazarimizda, uni jazolashga asos yo'q. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.
7-tur
✅❓ "Dinamo" – "Lokomotiv"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Qo'shimcha rakurslarsiz vaziyatga baho berish juda qiyin. Biroq qo'limizdagi ma'lumotlarga asoslanib, hakam to'g'ri qaror qabul qilgan va o'yinni davom ettirgan deb hisoblaymiz. Oyoqlardagi to'qnashuv bo'lgan taqdirda ham, u unchalik kuchli emas edi. "Dinamo" o'yinchisi harakatni yakunlagandan keyin yiqildi, ushbu vaziyatda raqib tomonidan biror-bir qo'pollikni ko'rmadik.
Chetlatishga kelsak, yana shuni aytish kerakki, ushbu videoyozuv orqali qandaydir xulosalar chiqara olmaymiz va hakam xato qildi deb tasdiqlay olmaymiz. Demak, bosh hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz.
✅ "Nasaf" – "Buxoro"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Agar oxirgi takroriy lavhani ko'rsak, "Nasaf" darvozaboni to'pga o'ynayotgani yaqqol ko'rinadi. Bu esa hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qaror qabul qilganini anglatadi.
✅ "Nasaf" – "Buxoro"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Har ikkala o'yinchi to'p uchun odatiy kurash olib bormoqda, buning uchun ularning hech birini jazolay olmaymiz. Nima bo'lganda ham futbol – kontaktli sport turi. Bu yerda "Buxoro" futbolchisi tomonidan fol yo'q. Bosh hakam o'yinni to'g'ri davom ettirgan.
✅ "Qizilqum" – "So'g'diyona"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
Ha, vaziyat oson emas, lekin biz ikki jamoa futbolchilari o'rtasidagi to'qnashuv epizodning keyingi rivojiga jiddiy ta’sir ko'rsatmagan degan fikrdamiz. O'yinda bunday "tortishishlar" va to'qnashuvlar ko'p uchraydi, shuning uchun hakam to'g'ri qaror qabul qilib, o'yinni davom ettirgan deb hisoblaymiz.
✅ "Bunyodkor" – "Neftchi"
BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI
"Neftchi" o'yinchisi raqibga qarab o'ynamayapti, shunchaki yuqoriga sakramoqda. To'g'ri, havoda to'qnashuv sodir bo'lmoqda, lekin bu mutlaqo odatiy va "o'yin" doirasidagi holat. "Neftchi"ning goli to'g'ri hisobga olingan.
![]() | 08.04.2026 00:16 Ўқилди 25306 Virtc Van Deykning gaplariga qo'shilmaydi: "Liverpul" taslim bo'lgani yo'q" |
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18744 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 15896 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 07.04.2026 23:32 Ўқилди 15535 Ozarbayjon. Rahmonalievning "Sabah" jamoasi "Araz"ni mag'lub etdi |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15062 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12141 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10802 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7249 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7181 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7036 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
Реклама
Сайт хақида