"Chelsi" 57,5 million evrolik yarim himoyachisiga qiziqmoqda - The Independent
17.04.2026 10:16 Ўқилди: 462
Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Bornmut" 50 million funtdan (57,5 million evro) ortiq pul so'ramoqchi. Summa o'yinchi uchun qancha klub kurashsa, shuncha yuqori bo'lishi mumkin. "Chelsi" 22 yoshli futbolchiga jamoa yarim himoyasida kutilayotgan o'zgarishlar fonida alohida qiziqmoqda. Takidlanishicha, "ko'klar" safini Enco Fernandes tark etishi mumkin.
Joriy mavsumda Skott barcha turnirlarda 34 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. O'yinchi bilan shartnoma 2028 yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 40 million evro.