Kamavinga "Bavariya"ga qarshi o'yindan keyin muxlislarga murojaat qildi
17.04.2026 08:24 Ўқилди: 445
Fransiyalik futbolchi 61-daqiqada maydonga tushdi. 78-daqiqada birinchi sariq kartochka, 86-daqiqada esa ikkinchi sariq kartochka oldi. U chiqarib yuborilgandan keyin "Real" ikkita gol o'tkazib yubordi.
"O'zimning aybimning bir qismini o'z zimmamga olaman. Jamoa va "Real" muxlislaridan kechirim so'rayman. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat", - deb yozgan Kamavinga.
Eslatib o'tamiz, francuz ikkinchi sariq kartochkani Garri Keynga qarshi fol qilgandan keyin to'pni olib, hushtak chalingan joydan uzoqlashgani uchun olgan.