"Yuventus", "Arsenal" sobiq darvozaboni avtohalokatda halok bo'ldi
17.04.2026 08:00 Ўқилди: 301
Sobiq futbolchi boshqarayotgan mashinani Zalcburg yaqinidagi temiryo'l kesishmasida poezdga urib ketdi
"Arsenal" safida Manninger Angliya chempioni, Angliya Kubogi sohibi va ikki marta Angliya Superkubogi g'olibi bo'lgan.
London klubidan tashqari u "Austriya", "Forverts", GAK, "Red Bull", "Espanol", "Augsburg", "Fiorentina", "Torino", "Bolonya", "Siena", "Udineze" va "Yuventus" klublarida ham o'ynagan. "Yuventus" safida 2011/12 mavsumida Italiya chempioni bo'lgan.
Avstriya milliy jamoasida Manninger 33 ta o'yin o'tkazgan.