
- O'yin haqida fikringiz?
- Muhim g'alabaga erishdik. Proligada oson o'yinlar bo'lmaydi. Jamoamizni chiroyli o'yin va g'alaba bilan tabriklayman. To'rt kundan so'ng navbatdagi uchrashuvimiz bor va bunga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. Bugun "Sho'rtan" o'z maydonida durang o'ynabdi, bu futbol. Ko'rganingizdek, oson uchrashuvlar bo'lmayapti. Bizning maqsadimiz bitta - Superligaga chiqish. Xayolimiz ham doim shunla. Bu mas'uliyatni futbolchilar juda yaxshi his qilib turishibdi. Har to'rtinchi kun maydonga tushyapmiz va bu ham oson bo'lmayapti.
- Ibrohim No'monov bilan Mo'min Meliev negadir qaydnomada ko'rinmayapti?
- Bu ikki futbolchimizda jarohat bor. Meliev balki 1-2 turdan so'ng safga qaytar, lekin No'monov qishki yig'in payti qattiq jarohat oldi. U tiklanib qaytishi uchun yana vaqt kerak bo'ladi.
- Zaxiradan tushgan legioner futbolchi Maksvel juda yaxshi taassurot qoldirdi. Bu o'yinchi haqida fikringiz?
- Bazi sabablarga ko'ra, braziliyalik futbolchi tarkibimizga kech qo'shildi. Hozir moslashuv jarayonini boshdan kechiryapti va o'ylaymanki, tez orada o'zini yaxshi ko'rsatadi. Bugun maydonda 30 daqiqa o'tkazib, hujumchilarga mos harakat qildi.
- Tez-tez o'yinlar sabab jamoani tayyorlash qanchalik qiyin bo'lyapti?
- Paytida o'zimiz ham futbol o'ynaganmiz va tiklanish bu o'rinda muhim o'rin tutadi. Bundan tashqari psixologiya ham katta rol o'ynaydi. Futbolda ketma-ket g'alaba qozonish oson emas, buning ham o'ziga yarasha mashaqqatlari bor. Bugun hisob 2:0dan keyin jamoamiz biroz bo'shashdi va gol o'tkazib yubordik. Shuning uchun vaziyatga bemalol qarash kerak emas. Futbolchilar bilan ruhiy tayyorgarlik borasida ham ishlashga to'g'ri kelyapti.
![]() | 08.04.2026 00:16 Ўқилди 25285 Virtc Van Deykning gaplariga qo'shilmaydi: "Liverpul" taslim bo'lgani yo'q" |
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18705 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 15791 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 07.04.2026 23:32 Ўқилди 15520 Ozarbayjon. Rahmonalievning "Sabah" jamoasi "Araz"ni mag'lub etdi |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15020 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10784 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7237 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7163 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7024 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6419 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
Реклама
Сайт хақида