
- Avvalambor, raqibni bugungi g'alaba bilan tabriklaymiz. O'yinga keladigan bo'lsak, birinchi turni ochilish bahsi sifatida o'tkazgandik. "Kattaqo'rg'on"ga qarshi uchrashuvda ham xuddi shunday xatolar sabab gol o'tkazib yuborgan edik. "FarDU"ga qarshi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. O'yindan keyin tiklanish uchun ham etarlicha vaqt bo'ldi. Yigitlarga avvalgi uchrashuvni unutib, navbatdagi o'yinga e'tibor qaratish kerakligini takidlagan edik. To'g'risini aytganda, hisob o'yinga mos kelmadi. Buni faqat uchrashuvni ko'rgan odam anglaydi. Bir narsani aniq aytaman: "FarDU" deyarli har o'yinda penalti tepadi. Bugun ham 11 metrlik zarba bor edimi yoki yo'q - bilmayman. Hakamlarning ko'plab xatolari o'yinga ta’sir ko'rsatmoqda. Hayot davom etadi, navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko'ramiz, - dedi Aybek Nurbaev.
- "Jayxun" bu yildan universitet jamoasiga aylantirildi. Jamoa oldiga qanday vazifalar qo'yilgan?
- Rektor tomonidan oldimizga aniq vazifalar qo'yilgan. Har bir uchrashuvda munosib o'yin ko'rsatishimiz kerak. G'alaba qozonish asosiy maqsad hisoblanadi. Barcha sharoitlar mavjud va yaratib berilmoqda. Biroq hozirgi futbolchilarning ruhiyatini tushunmayapman. Nazarimda, ular faqat bugungi kun bilan yashamoqda. Inson orzu va maqsadlar bilan yashashi kerak. Superligada o'ynash - har bir futbolchining orzusi bo'lishi lozim. Men esa qo'limdan kelgan barcha imkoniyatni ishga solyapman.
- Futbolchilik faoliyatingiz davomida vodiy jamoalarida o'ynagansiz. Ayni paytda Abdusalom Nuriddinov shogirdingiz sifatida harakat qilmoqda. Uning o'yini haqida fikringiz qanday?
- Abdusalom iqtidorli futbolchi. U "Cementchi"dan jamoamiz safiga kelib qo'shildi va bizga mos tushdi. Shuning uchun uni tarkibimizga jalb etdik. Ilk turda jarohati sabab maydonga tusha olmadi. Kelgusida klubimizga katta yordam beradi, deb umid qilamiz.
![]() | 08.04.2026 00:16 Ўқилди 25186 Virtc Van Deykning gaplariga qo'shilmaydi: "Liverpul" taslim bo'lgani yo'q" |
![]() | 07.04.2026 23:32 Ўқилди 15472 Ozarbayjon. Rahmonalievning "Sabah" jamoasi "Araz"ni mag'lub etdi |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10685 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 09.04.2026 00:16 Ўқилди 7186 Anvar G'ofurov: "OKMK bunday tarkib va murabbiy bilan jadvalda yuqoriroq turishi kerak" |
![]() | 09.04.2026 01:08 Ўқилди 7130 "Atletiko" avtobusiga hujum qilindi: "Barselona" bilan o'yin oldidan oynalar sindirilgan |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 6964 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 04.04.2026 18:48 Ўқилди 5498 "Surxon" - "Buxoro". Tarkiblar ma'lum |
![]() | 12.04.2026 21:48 Ўқилди 4702 "Sho'rtan" "Kattaqo'rg'on"ni taslim etgan o'yindan FOTOGALEREYA |
![]() | 08.04.2026 23:48 Ўқилди 4535 Andrey Shipilov: “Validol”li o'yin bo'ldi. Penalti belgilangan vaziyatda 12 daqiqa davomida o'rnimdan ham turmadim” |
![]() | 09.04.2026 00:40 Ўқилди 4284 Vadim Abramov: "Menga tez-tez o'yinlar bo'layotgani yoqyapti, shunday davom etsa ham mayli" |
Реклама
Сайт хақида