
“Oltinchi tur. Biz bu o'yinga juda-juda jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Agar biz barcha o'yinlarga jiddiy tayyorlansak, “Nasaf” ular orasida alohida ajralib turardi. Juda ayyor, mahoratli, puxta tayyorlangan jamoa. Biz “Surxon” bilan o'yinni ham, ularning qolgan o'yinlarini ko'rib chiqdik. “Andijon” bilan bo'lgan o'yinni ham ko'rib chiqdik. Yigitlarga “Nasaf”ga hech qanday imkoniyat berib bo'lmasligini aytdim. “Nasaf” to'p bilan o'zini xuddi suvdagi baliqdek his qiladi. Maydon sifati a'lo, sug'orilgan va ular bunday maydonlarda yanada yaxshi o'ynaydi.
Birinchi taymda hammasi yaxshi edi. Biz juda yaxshi harakatlandik, hujumga ham, himoyaga ham juda yaxshi o'tdik. O'yinni nazorat qildik. “Nasaf” ham bizning xatomizni kutdi. Ular ham kutishdi. Ko'rinib turardiki, ular Berdievdan ko'rsatma olgan va uni to'liq bajarayotgan edi.
Ikkinchi taymda nokdaun holatiga tushdik, birgina xatoning badali. Gol o'tkazib yubordik. Keyin hisobni tenglashtirdik, undan keyin esa, rostini aytsam, nima deyishni ham bilmayman.
“Validol”li o'yin bo'ldi. Bu o'yindan ikki hissa afsus qoldi. Nega biz ikkinchi taymda bunday o'ynadik. Charchamadik, yotib olmadik, yiqilib yotmadik, lekin nega ikkinchi taymda shuncha xato qildik, bilmadim. Shunga qaramay, o'zimizga keldik va hech bo'lmasa bitta to'p kiritib, hisobni qisqartirishga harakat qildik.
O'yin so'ngida Javohirda ham chap oyog'i bilan zarba beradigan vaziyat bo'ldi, balki o'shanda uch ochkoni qo'lga kiritarmidik. Keyingi o'yin o'n to'rtinchi aprel kuni. Safarda sun'iy maydonda bo'ladi. Hech kimga hech qanday engillik berilmaydi. Hozirgina kiyinish xonasida yigitlarga kim tayyor bo'lsa, kim jonini berishga shay bo'lsa, o'shalar maydonga tushishini aytdim. Juda-juda ko'p kuch sarfladik, aynan jismoniy emas, balki hissiy, ruhiy tomondan ko'p kuch ketdi. Bu ham juda-juda kuchli ta’sir qiladi. Mayli, nima bo'lsa ham, hammasi yaxshilikka. Ha, bitta ijobiy tomoni bor: to'rtta o'yindan beri yutqazmayapmiz, lekin ochko olish kerak. Uch ochko olgan yaxshiroq. Lekin, menimcha, kuzda hozir olayotgan bu ochkolarimiz ham bizga yordam beradi. Biz yuqoriroqqa ko'tarilishni istaymiz, lekin o'z uyimizda “Paxtakor” bilan, o'z uyimizda “Navbahor” bilan, o'z uyimizda “Nasaf” bilan o'ynaymiz. Bular juda kuchli, tartibli va maqsadlari katta jamoalar.
Hozirgi kunda barcha jamoalar kuchli. Barcha jamoalar kuchli, har bir jamoaning o'ziga xos o'yin uslubi, o'z yondashuvi bor. Kecha hamma durang o'ynadi, bugun biz durang qayd etdik. Bugun boshqa raqiblar qanday o'ynaganini bilmayman. Ishlayveramiz, oldinga intilaveramiz. O'yindan keyin ortiqcha gapirishni istamayman. Murabbiylik ishi shunaqa-da. Yutding, o'yin tugadi, sen darhol boshqa o'yin haqida o'ylay boshlaysan, natija omadsiz bo'lsa ham, xuddi shunday, keyingi o'yin haqida o'ylaysan. Umuman olganda hakamning o'yin tugashi haqidagi hushtagi yangraganidan so'ng keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlashing kerak”, - dedi Andrey Shipilov bahs yakunlangach.
- Hozir siz Superligadagi birgina xatoning qiymati haqida gapirdingiz. Aslida o'tgan yili ham, bu mavsumda ham aynan qo'pol xatolar evaziga juda ko'p gollar urildi. Sizningcha, bu nima bilan bog'liq?
- Ancha bo'ldi menga bunday savollar berishmaganiga, lekin jon deb javob beraman. Bu savolingiz menga juda yoqdi. Hech kim mendan xafa bo'lmasin-u, lekin shu savolni berishlarini kutib yurgandim. Aytmoqchimanki, biz gol o'tkazib yuborgan poziciyada. Bizda yaxshi darajadagi faqat bitta bola bor. U ham bo'lsa Angliyada. Husanov haqida gapirayotganimni bilib bo'ldingiz. Bizda aynan O'zbekiston pasportiga ega bunday himoyachilar yo'q. Bu mening fikrim. Balki kimdir bahslashar, lekin bizda bunday futbolchi yo'q. Hozir O'zbekistonda markaziy himoyachi poziciyasida. Hech qayerda, hech bir jamoada yo'q. Na "Paxtakor"da bor, na boshqa klubda. Bu futbolchilarning darajasi, chunki ular bu erga kelishni xohlashmaydi. Sababi, Yevropaga yo'l bor, qayerdadir ancha yuqori saviyada o'ynash imkoniyati bor.
Ilgari har bir jamoada markaziy himoyachilar juda ko'p edi. Magometov, Andrey Fyodorov bor edi. Har bir jamoaning har bir poziciyasida, aynan markaziy himoya chizig'i o'yinchilari haqida gapiradigan bo'lsak, hozirgidek Andreevga o'xshaganlar yo'q. Fayzievga o'xshaganlar yo'q. Shaymardanov Rustam. Lushchan ham terma jamoada markaziy himoyada o'ynagan. Shunaqalardan hozir umuman yo'q. Hozir faqat birgina futbolchimiz Angliyada o'ynayapti. Husanov yosh futbolchilarga to'g'ri namuna bo'la oladi. To'g'ri aytdingiz, men hozir hech qaysi bir klubda jiddiy markaziy himoyachini ko'rmayapman.

- Toma Tabatadze qachon asosiy tarkibda maydonga tushadi?
- Ha, men uchun ham bu qiziq. Biz uni asta-sekinlik bilan o'yinga tayyorlayapmiz. Oddiy vaziyatda bexosdan ahmoqona jarohat olib qo'ydi. Lekin u juda professional. Ancha bo'ldi bunday o'yinchilarni uchratmaganimga. Umuman olganda, jamoamizdagi uchala gruziyalik futbolchimiz va ukrainalik Kondratyuk ham aynan o'yinga tayyorgarlik borasida juda yaxshi taassurot qoldiryapti. Bugun biz unga ko'proq o'yin vaqtini berdik. O'tgan o'yinda unga biroz kamroq vaqt bergandik, bugun esa ko'proq. O'ylaymanki, yaqin turlarda u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Lekin raqibga qarab tuziladigan o'yin strategiyasi va taktikasi degan narsa ham bor. Chunki bugun ham Nimeli juda katta hajmdagi ishni bajardi. U juda saviyali, tezkor va ayyor hujumchi. To'g'risini aytsam, jamoamizga bunday forvardni qo'shib olganimizdan omadimiz keldi. Uning ishga munosabati ham meni juda xursand qilyapti. O'ylaymanki, u hali o'ynaydi va biz unga ko'p imkoniyat beramiz.
- Farhod Sohibjonov o'yin qaydnomasidan o'rin olmadi. Bunga sabab nima? Shuningdek, darvozabonlar masalasida xavotirdaman. Nortojiev jarohat olsa, faqatgina yosh darvozabon qoladi. Birinchi davradan so'ng yangi darvozabon olishni rejalashtiryapsizlarmi?
- Bizda Rustam, Aziz va Hamza bor. Klubimiz uchun hozirgi kunda shularning o'zi etarli deb hisoblayman. Biz Rustamga ham, Azizga ham ishonamiz. Azizda hozir psixologiya bilan bog'liq kichik bir muammo bor, bu masala bilan shug'ullanyapmiz, ish olib boryapmiz. Lekin bu klubning ichki ishi, buni sizga ayta olmayman va bunga haqqim ham yo'q.
Shunchaki kichik bir psixologik sinish, ozgina ruhiy zo'riqish bo'lyapti, xolos. Lekin klub, jamoa va shaxsan men, murabbiy sifatida, uni qo'llab-quvvatlayapmiz. Hozircha darvozabonlar chizig'ida hech qanday muammo ko'rmayapman. Bizning darvozabonlarimiz yaxshi, juda mehnatkash, o'z ishini, futbolni sevadi. Bugungi kunga qadar ularga hech qanday etirozim bo'lmagan.
- Penalti belgilangan vaziyatga qanday baho berasiz?
Ha, oxirida menga shu savol berilishini kutgandim. Bilasizmi, menda ko'proq 45-daqiqaga oid savollar bor. Men o'sha vaziyatni ko'rib ulgurdim. Penalti belgilangan vaziyatda esa shunchaki 12 daqiqa o'tirdim va o'rnimdan ham turmadim. Biz penalti tepgunimizcha, o'rnimdan ham turmadim, hatto qaramadim ham. Birinchisini ko'rdim. U yerda vaziyat aniq edi, chunki menga darhol ko'rsatishgandi. Hozir ko'rsatishmadi, chunki vaziyat hamma uchun. "Nasaf" uchun ham, murabbiylar uchun ham, o'yinchilar uchun ham, biz uchun ham stressli edi. Shuning uchun ertaga uyga borib ko'raman va Qo'qonga kelib, yana ko'raman. Agar qiziqsangiz, sizga o'z nuqtayi nazarimni aytaman. Hammaga rahmat.
![]() | 19.04.2026 20:24 Ўқилди 21231 LIVE. APL. "Manchester Siti" - "Arsenal" 0:0 (matnli translyatsiya) |
![]() | 15.04.2026 00:08 Ўқилди 18792 Superliga. "Bunyodkor" – "Neftchi" 0:1 |
![]() | 16.04.2026 00:24 Ўқилди 15992 "Sporting" bosh murabbiyi "Arsenal" bilan tarkiblar narxidagi farq haqida: "Mercedes ham, Peugeot ham 200 km/soat tezlikka chiqa oladi" |
![]() | 16.04.2026 00:00 Ўқилди 15155 Rahmatullaev boshchiligidagi Respublika FAning tarixiy g'alabasidan GALEREYA |
![]() | 16.04.2026 01:00 Ўқилди 12222 Janni Infantino Eronning JCH-2026dagi ishtiroki haqida: "Ular kelishga majbur, sport siyosatdan tashqarida bo'lishi kerak" |
![]() | 12.04.2026 20:56 Ўқилди 10838 Eshitdik-da! Samvel Babayan iste'foga chiqdi |
![]() | 12.04.2026 20:32 Ўқилди 7054 "Tottenxem" De Dzerbi bilan ham yutqazdi va tez orada Chempionshipga tushib kyetishi mumkin |
![]() | 19.04.2026 21:40 Ўқилди 6577 OCHL-2. Lutfullin boshqargan o'yinda "Al Nassr" "Al Vasl"ni yirik hisobda engdi, Ronaldu 969-golini urdi |
![]() | 15.04.2026 00:40 Ўқилди 6461 Lamin Yamal - rekordchi! "Barselona" yulduzi Mbappening natijasini yangiladi |
![]() | 15.04.2026 01:08 Ўқилди 6189 De Laurentis Xvichaning PSJga transferi haqida: "Futbolda agent - bu pul so'ruvchi vampir" |
Реклама
Сайт хақида