Mirjalol Qosimov: "So'nggi 20 daqiqada hisobni ushlab qolishga harakat qildik"
12.04.2026 23:00 Ўқилди: 318
"Qiziqarli o'yin kutayotgandik. Albatta, qiziqarli o'yin bo'ldi. "Andijon"ga qarshi o'ynash qiyin, lekin bunday atmosferada futbol o'ynash yoqimli. Shuni ta'kidlab o'tishim kerakki, yigitlar o'z vazifalarini to'g'ri bajarishdi. Ayniqsa birinchi bo'limda. Ikkinchi bo'limning so'nggi 20 daqiqasida hisobni ushlab qolishga harakat qildik. Futbol esa 90 daqiqa o'ynaladi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz", - deya gap boshladi Mirjalol Qosimov.
- Ikkinchi bo'limda Shahzod Toirovni maydonda ko'rdik. Toirovni hisobni saqlab qolish uchun maydonga tushirdingizmi?
- Albatta. "Andijon" uzun paslar orqali o'ynaydi va bo'yi baland futbolchilari bor. Oxirgi daqiqalarni uch nafar markaziy himoyachi bilan o'tkazdik. So'nggi daqiqalarda o'z darvozamizga juda yaqin o'ynadik. Unga qadar esa juda yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik.
- Yaponiyalik legionerlar so'nggi vaqtlarda asosiy tarkibda o'ynamay qo'ydi. Buning sababi nimada?
- Bizda ikkita yaponiyalik futbolchi bor. Birinchidan, bu rotaciya. Arixiro ko'p o'ynayotgan edi. Shuningdek, ikki nafar tayanch yarim himoyachisi bilan o'ynadik. Bugun ochiq futbol o'ynab bo'lmasdi. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rish kerak. Taqvim juda ham zich. Jismonan tezroq tiklanib olishimiz kerak.